Yangiliklar

img
Tue, 12/12/2023 - 15:00

Ozarbayjon milliy ilmlar akademiyasi prezidenti tashrifi

11-dekabr kuni Ozarbayjon milliy ilmlar akademiyasi prezidenti, professor Isa Habibeyli Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonni universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov kutib oldi. Do'stona ruhda o'tgan uchrashuv universitetda tashkil etilgan Fuzuliy nomidagi ilmiy tadqiqot markazida davom etdi. Isa Habibeyli markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi, bu yerda yaratilgan sharoitlar, amalga oshirilgan ishlarni olqishladi. Markaz rahbari Gulbahor Ashurova ikki qardosh xalqning birdamligi ramzi bo'lgan Markaz haqida batafsil ma'lumot berdi. 
"Fuzuliy dilbandlari" to'garagi a'zolari tomonidan o'zbekcha va ozarbayjoncha she'rlar o'qildi. Isa muallim markazga noyob kitoblar hadya etdi, hamkorlik aloqlarini yanada mustahkamlashga hissa qo'shayotganidan mamnunligi aytdi. U o'zining O'zbekiston va Ozarbayjon haqidagi ajib asaridan parcha o'qib berdi.