OʻshDU 85 yoshda
2024 - yil 30-may kuni O'sh davlat universitetida "Turkiy xalqlarning ma'naviy integratsiyasi: tili, adabiyoti, madaniyati" mavzusida xalqaro ilmiy- nazariy konferensiya bo'lib o'tdi. O'shDU ning 85 yilligiga bag'ishlangan mazkur konferensiya ishida 10 dan ortiq davlatdan olimlar qatnashdi. Jumladan, konferensiya yalpi majlisida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek tili ta'limi fakulteti dekani S.Muhamedova boshchiligidagi delegatsiya ham faol ishtirok etdi. Tabrik ushun dastlabki so'z ToshDO'TAU dekani prof. S. Muhamedovaga berildi. U ToshDO'TAU unuversiteti rektori akademik Sh. S. Sirojiddinovning Tabrik so'zini o'qib berdi. Bunda asosiy e'tibor O'shDU dagi "O'zbek tili va madaniyati markazi" va ToshDO'TAU dagi "Qirg'iz tili va madaniyati markazi" faoliyatiga qaratildi. Konferensiyada, shuningdek, Tabrik so'zi bilan L. N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo universiteti prorektori E. B. Sidikov, O'zbekiston Respublikasi O'sh shahridagi Bosh konsuli Safar Ahmedov, Qozog'iston Respublikasining O'sh shahridagi Bosh konsuli Muxtar Axat o'g'li Karibaylar ham chiqish qilishdi.
Konferensiya 5 ta sho'bada ish olib bordi. Sho'ba yig'ilishlarida turkiy xalqlar adabiyoti va xalq o'g'zaki ijodi masalalari, hozirgi turkiy tilshunoslikning dolzarb muammolari, madaniyatlararo muloqotda turkiy tillar, turkiy xalqlarning umumiy madaniy merosi masalalari muhokama qilindi.