Sat, 02/11/2023 - 15:49
O‘quv dasturlarini takomillashtirish
Universitet Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan O‘zbek tili ta’limi fakulteti o‘qituvchilari bilan o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar-trening davomida
professor-o'qituvchilar tomonidan tuzilgan o‘quv dasturlarida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi. Bundan tashqari, kredit olish tartibi, kasbiy kompetensiyalarga asosan baholash mezonlarining ishlab chiqilishi haqida ham ma'lumotlar aytib o‘tildi.
Bugungi seminar-trening professor-o‘qituvchilarimizning pedagogik faoliyatlari uchun samarali bo‘ladi, degan umiddamiz.





