Yangiliklar

img
Wed, 08/27/2025 - 15:59

O'qituvchilikka nomzodlar uchun suhbat tashkil etildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yangi o‘quv yili arafasida bo‘sh ish o‘rinlariga nomzod o‘qituvchilarni saralash maqsadida ochiq va shaffof tanlov o‘tkazildi.
Tanlovda ishtirok etgan nomzodlar namunaviy dars mashg‘ulotlarini o‘tkazib, ta’lim jarayonida qo‘llaydigan metodik yondashuvlarini namoyish etdilar. Shuningdek, ular komissiya a’zolarining savollariga javob berib, o‘z ilmiy izlanishlari, pedagogik mahorati va raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish tajribasi haqida ma’lumot berdilar.
Jarayonni universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Nozliya Normurodova, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Ortiq Sunnatov hamda tegishli kafedra mudirlari kuzatib bordi.
Baholash mezonlari zamonaviy ta’lim paradigmalariga asoslangan bo‘lib, unda talaba markazli yondashuv, kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’lim, interfaol metodlardan foydalanish, raqamli va aralash ta’lim imkoniyatlarini qo‘llash, shuningdek, ilmiy faoliyatni dars jarayoni bilan uyg‘unlashtirish kabi ko‘rsatkichlar inobatga olindi.

 

Tanlov natijalariga ko‘ra, universitetda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shadigan, bilim va tajribaga ega malakali mutaxassislar safi kengayishi kutilmoqda.