Yangiliklar

img
Sat, 01/22/2022 - 16:56

Oʻqituvchilar uchun seminar treninglar

Joriy yilning 20-22-yanvar kunlari Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “Kredit-modul tizimi va mutaxassislik fanlari” mavzuida bir qator seminar treninglar boʻlib oʻtdi. Ushbu seminar treninglarda  mutaxassislik fanlaridan dars berayotgan “Xorijiy tillar kafedrasi”, “Madaniyatlararo muloqot” kafedrasi, “Tarjima nazariyasi” kafedrasining professor-oʻqituvchilar sillabuslar, baholash tizimi, kredit-modul tizimining afzalliklari va imkoniyatlarini muhokama qilishdi. Muhokamalar juda qizgʻin tarzda davom etdi. Har bir kafedradan tanlab olingan oʻqituvchilar oʻz fanlari doirasida sillabuslarining taqdimotini qilib berishdi va shu taqdimot orqali kredit-modul tizimining sillabusga qanday joriy etilgani haqida batafsil tushuntirib berishdi. Ayniqsa R.Turdiyeva, I.Turdiyev, U.Abdullayeva, I.Mirmahmudova, O.Qurbonova, N.Tilakovalarning taqdimotlari oʻtkir muhokamalarga sabab boʻldi. 
Ushbu seminar treninglar fakultetning barcha professor-oʻqituvchilari uchun juda katta amaliy tajriba boʻlib, kredit-modul tizimini ichidan oʻrganish va puxta oʻzlashtirish uchun katta zamin yaratdi. Endilikda, fakultetning qolgan oʻqituvchilari ham seminar treninglarda olgan bilimlarini sillabuslarni tashkil etishda foydalanadilar va bu holat tizimga tez va samarali oʻtishni yanada osonlashtiradi.