Oq yo'l sizga, bitiruvchilar
Joriy yilda universitetimizda 11 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 266 nafar magistrant o‘qishni tamomlab, magistrlik darajasiga ega bo‘ldilar. Joriy yilning 9-avgust kuni universitetimizda joriy yilda magistraturani tamomlagan magistrantlarga diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
O‘tgan ikki yil davomida magistrlar tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalarida nazarda tutilgan fanlardan puxta bilim egallash bilan birga ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bordilar. Buning samarasi o‘laroq magistrantlarimizning 80 foizi magistrlik dissertatsiyasi himoyasida a’lo natija ko‘rsatadi. Bugungi marosimda ham magistrlarimizning ta'lim mobaynida qo'lga kiritgan muvaffaqiyatlari, ularning jamoat ishlaridagi faolligi olqishlandi. Universitetimiz Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Odina Jamoldinova bitiruvchilarning kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, mehnat faoliyatlarida yaxshi natijalar qayd etishlariga ishonch bildirdi.

Universitetimizda mavjud bo‘lgan Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti), (oliy adabiyot kursi), O‘zbek tili va adabiyoti, Lingvistika, Kompyuter lingvistikasi, Folklorshunoslik va dialektologiya, Qiyosiy tilshunoslik lingvistik tarjimashunoslik, Sinxron tarjima, Badiiy tarjima, Ilmiy-texnik tarjima, Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik kabi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlarimiz 2 yillik mehnat sarhisobini qo‘lga kiritishdi. Ularga kelgusidagi ilmiy va shaxsiy hayotlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.




