Ona tilini o'qitish borasida xalqaro tajriba
2024-yil 25- aprel kuni Ona tili va adabiyot ta‘limi fakultetining ilmiy-metodik seminari xalqaro miqyosda o‘tkazildi. Unda Turk Akademiyasi ko‘magida “Turk tillarini o‘qitish tizimiga sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni samarali integratsiyalash: til o‘qituvchilarining (qozoq, qirg‘iz, o‘zbek tillari) kasbiy malakasini oshirish” loyihasi doirasida “Ilmiy tadqiqotlarda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish” mavzusida Ioxannes Gutenberg(Germaniya) universiteti va Xajattepe universiteti( Turkiya)da ilmiy izlanish olib borgan Karlygash Ashirkhanova ma’ruza qildi. Yig‘ilganlar sun’iy intellektdan ilmiy tadqiqotlarda foydalanish imkoniyatlari, salbiy jihatlari, yutuqlari haqida fikr almashishdi. Shuningdek, dotsentlar Ahmedov Hoshim, Jo'rayeva Husnigul, Kuldasheva Sanobar, tadqiqotchilar Shodmonova Munira, Kurbanova Farog‘at ma’ruza qildilar. Xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ilmiy-metodik seminar ishtirokchilar uchun samarali, foydali va qiziqarli bo‘ldi.