Ona tilim – millatim faxri, tarjima – tillar köprigi
21-oktabr – Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan 20-oktabr kuni universitetimizda “Ona tilim – millatim faxri, tarjima – tillar köprigi” mavzusida tadbir taşkil etildi. Unda “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yönalişi talabalari iştirok etdi.
Tadbir tört şart asosida taşkil etilib, talabalarning til bilimi, ijodiy salohiyati va tarjimonlik mahoratini namoyon etişga xizmat qildi.
Dastlabki şart – dublyajda 101-guruh talabalari “Kelinlar qözğoloni”, 102-guruh talabalari esa “Abdullajon” filmidan parçalarni rus tiliga dublyaj qildilar. İştirökçilar obrazlar nutqini boşqa tilda ifodalaş orqali tarjima jarayonining öziga xos jihatlarini namoyiş etdilar.
Ğazalxonlik şartida talabalar mumtoz ğazallarni baytma-bayt, navbat bilan ijro etdilar. Bu çiqişlar milliy adabiy merosimizga hurmat va mumtoz adabiyot namunalarini keng tarğib etiş nuqtayi nazaridan ahamiyatli böldi.

Peşlavhalardagi xatolar şartida talabalar köçalardagi reklama e’lonlari va peşlavhalarda uçraydigan imlo, uslub hamda tarjima xatolarini taqdimotlar orqali tahlil qildilar. Misollar asosida til me’yorlariga rioya etiş, yozma axborot savodxonligini oşiriş va tarjima sifatiga e’tibor qaratiş masalalariga töxtaldilar.
Tadbirning yakuniy şarti – videoroliklar tanlovida talabalar ona tili va tarjima mavzusidagi ijodiy işlarini namoyiş etdilar. Hakamlar hay’ati çiqişlarni baholab, “Tarjima – tillar va madaniyatlar köprigi”, “Ona tilim – qalbim tarjimoni” hamda “Söz qadri – millat qadri” nominatsiyalari böyiça ğoliblarni aniqladi. Ğolib talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbir talabalarning ona tiliga hurmatini mustahkamlaş, milliy adabiy merosimizga qiziqişini oşiriş, tarjimonlik kasbiga mas’uliyat bilan yondaşiş hamda tillar va madaniyatlar örtasidagi muloqotning ahamiyatini anglaşga xizmat qildi.

