
Sun, 05/12/2024 - 20:40
Oliy ta’lim islohotlaridan abituriyentlar boxabarmi?!
Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida joriy yilning 6-may kuni o‘tkazilgan taqdimot yig‘ilishida berilgan sohadagi yangiliklarni keng ommaga, abituriyent va ota-onalarga yetkazish topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida universitetimiz magistri Olimjanov Orifjon Namangan viloyatidagi ta’lim muassasalarida targʻibot tadbirlari oʻtkazdi. Uchrashuvlar Namangan muhandislik qurilish instituti akademik litseyi hamda Namangan shahridagi 2, 7, 60-umumiy oʻrta ta'lim maktablarida boʻlib, unda oʻquvchilariga joriy yilgi qabul jarayonlaridagi yangiliklar va universitetimizda mavjud ta'lim yoʻnalishlari haqida batafsil ma'lumot berildi.