Yangiliklar

img
Mon, 12/11/2023 - 12:20

Olimamiz Qozogʻiston universitetida mahorat darsi oʻtkazdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va  adabiyoti universiteti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Nargiza Rashidova Qozog‘iston Respublikasi Turkiston shahridagi Axmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk universitetiga taklif etildi. Olima ushbu universitetda  “Arab tilida modellash usulidan foydalanish” mavzusida mahorat darsini o‘tkazdi. Uchrashuvni universitet prorektori Asqar Turg‘anbayev va Bitiruvchilar jamoasi rahbari Maryam Aslanova ochib berdi. Dars jarayonida Nargiza Rashidova o‘zining arab tilini o‘rganish borasidagi tajribalari bilan almashdi. Arab tilidagi harflar talaffuzi, fe’l o‘zaklari, ulardan hosil qilingan so‘zlar va va ularning xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. 
Uchrashuv so‘ngida vakilimiz Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-turk universitetining 30-yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.