
Olimamiz MDH mamlakatlarining til siyosati kongressida ishtirok etdi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’limi kafedrasi dotsenti, f.f.n. Nargiza Musulmanova ayni vaqtda Belorusiya poytaxti Minsk shahrida bo ‘lib o‘tayotgan «MDH mamlakatlarining til siyosati» (Языковая политика стран СНГ. Минск – 27-28 ноября 2023 года) III Xalqaro Kongressida ishtirok etmoqda. Kongress Minsk davlat lingvistika universitetida bo‘lib o‘tmoqda va unda MDH tarkibidagi 8ta davlatdan kelgan tilshunoslar, siyosatshunoslar, turli tashkilot va markazlarning rahbarlari ishtirok etishmoqda. Mazkur Kongress tashkilotchilari Moskva va Minsk davlat lingvistika universitetlari hisoblanadi.
2023-yil 27- noyabr kuni tadbirning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda turli davlatlarning Belorusiyadagi elchilari, OTM rahbarlari, o‘z davlatlari tili rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan ko‘plab tilshunoslar so‘zga chiqishdi.
Kongress 5 yo‘nalish bo‘yicha sho’balarda o‘z ishini olib bormoqda. N.Musulmanova «Hamdo‘stlik mamlakatlarida til holatining yangicha uyg‘unlashtirish sharoitlari» (“Пути гармонизации языковой ситуации в странах содружества в новых условиях”) sho’basida « Роль некоторых учебных словарей в стуктуре учебного корпуса в изучении узбекского языка» mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada O‘zbek tilining Milliy korpusi hamda uning tarkibi bo‘lgan ta’limiy korpus haqida, shuningdek, ayrim o‘quv lug‘atlarining mobil ilovalari, ular ustida olib borilayotgan yangi izlanishlar haqida ma’lumotlar berildi, shuningdek, internet orqali mazkur korpus onlayn shaklda taqdim qilindi.
Kongress davomida N.Musulmanova va «Рязанская местная узбекская национально-культурная автономия «Алмаз» jamoat tashkiloti raisi, «Алмаз» prodyusserlik kompaniyasi direktori Zulayxo Kadirova bilan kafedra hamkorligi haqida kelishib olishdi.