Oksford universiteti bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Oksford universitetining O‘zbekshunoslik dasturi talabalari uchun tashkil etilgan Yozgi maktab davom etmoqda.
Dastur doirasida ishtirokchilar o‘zbek tili va adabiyoti, milliy madaniyat va an’analar bilan yaqindan tanishib, nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali boyitmoqda. Toshkentdagi ta’lim jarayonlari, madaniy tashriflar va ilmiy uchrashuvlar xorijlik talabalar uchun O‘zbekistonni o‘zbek tili va madaniyati orqali chuqurroq anglash imkonini bermoqda.
Quvonarlisi, Yozgi maktab haqidagi xabar Oksford universitetining Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari fakulteti rasmiy sahifasida ham e’lon qilindi.
Bu kabi ta’limiy va ilmiy hamkorlik O‘zbekiston va Oksford universiteti o‘rtasidagi o‘zbekshunoslik yo‘nalishidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

