
Oila – jamiyatning eng muhim boʻgʻini
Joriy yilning 2-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti psixologi Norova Nargiza hamda fakultet xotin-qizlar ishlari bo'yicha dekan maslahatchilari tomonidan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash”mavzusida talaba qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olganlar oila va oilaviy qadriyatlar har qanday inson hayotida quriladigan eng muhim poydevor ekanligini alohida ta’kidladilar.
Darhaqiqat, oila g‘amxo‘rlik, o‘zaro hurmat, mehr-muhabbatga asoslansa, u mustahkam bo‘ladi. Oila mustahkam, tinch bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta, farovon bo‘ladi. Davra suhbatida soʻz olgan universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha 1-prorektori G. Joʻrayeva xalqimizga xos ana shu ezgu fazilatlar, ana’analar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Oila qurish arafasidagi yoshlarning psixologik, pedagogik, huquqiy va axloqiy-bilimlarini hamda oilalarning mustahkamligini ta’minlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasida maslahatlar berildi.