Ochiq darslar – tajriba maktabi
2023-yilning 20-may kuni O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Sabohat Bozorova tomonidan “Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanidan “So‘z birikmasi va uning turlari. Turkiy tillarda gap bo‘laklari tartibi” mavzusida “Ochiq dars” tashkil etildi. Unda talabalar tomonidan turli turkiy tillardagi manbalar asosida so‘z birikmasi, uning turlari, gap bo‘laklari tartibi haqida ma’lumotlar berildi. Turkiy tillardagi matnlar, amaliy topshiriqlar, she’r va qo‘shiqlar tahlili asosida mavzu va fanga oid nazariy bilimlar mustahkamlandi.
Mazkur mashg‘ulot o‘quv yili so‘ngidagi oxirgi dars bo‘lgani uchun, ma’lum ma’noda, hisobot xarakteriga ega edi. Talabalarning turli turkiy tillarni katta qiziqish bilan o‘rgangani, shu tillardagi ilmiy manbalarni bemalol tushunishi, tahlil qilishga harakat qilishi, qiyosiy tahlil ko‘nikmalarini yaxshi egallagani “Ochiq dars”ni kuzatib borgan professor-o‘qituvchilar tomonidan ijobiy baholandi.