Yangiliklar

img
Fri, 08/22/2025 - 17:06

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida xayriya hashari o‘tkazildi

O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi bayramiga munosib hozirlik ko‘rish, atrof-muhitni asrab-avaylash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida 2025 yil 22–23 avgust kunlari mamlakat bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Shu doirada Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Hasharda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda ko‘ngilli talabalar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida o‘quv binolari atrofi tartibga keltirildi, piyodalar yo‘laklari va ichki yo‘llar tozalandi, yashil maydonlarga ishlov berildi. Hududdagi daraxt va butalar parvarish qilindi, gulzorlar yangilandi, bordyurlar bo‘yab chiqildi, yig‘ilgan chiqindilar esa belgilangan joylarga olib chiqildi.
Obodonlashtirish jarayonida ishtirokchilar hamjihatlikda mehnat qildilar, mavjud sharoitlarni yaxshilashga munosib hissa qo‘shdilar. Hashar nafaqat hududni orasta va fayzli ko‘rinishga keltirishga, balki talaba-yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga, tozalik va poklikni qadrlashga xizmat qildi.

  

Mazkur xayriya tadbiri yakunida universitet jamoasi barcha ishtirokchilarga faol fuqarolik pozitsiyasi va tashabbuskorligi uchun minnatdorlik bildirdi. Obodonlashtirish ishlari muntazam davom ettirilishi, ayniqsa ko‘kalamzorlashtirish va yashil hududlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.