Yangiliklar

img
Tue, 11/03/2026 - 15:06

Nurboy Jabborovning Ozarbayjonda çop etilgan kitobi taqdimoti ötkazildi

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti öquv işlari böyiça prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborovning buyuk mutafakkir Alişer Navoiy hayoti va ijodiy merosiga bağişlangan “Maoniy ahlining sohibqironi” monografiyasi ozarbayjon tilida naşr etildi.

“Amir Alişer Navoiyning irfoniy dunyosi” nomi bilan Boku şahridagi “Ilm va tahsil” naşriyotida çop etilgan kitobning taqdimot marosimi bölib ötdi. Asar Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti Ozarbayjon-Özbekiston-Turkmaniston adabiy aloqalari bölimi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Almaz Ulviy Binnatova hamda Eron Tabriz universiteti professori, filologiya fanlari doktori Husayn Xuşbotin tomonidan ozarbayjon tiliga tarjima qilingan. Tarjimonlar kitob uçun sözboşi ham yozgan.

Monografiya Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti Ilmiy kengaşi qarori bilan naşr etilgan.

Taqdimot marosimini oçib bergan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid ikki davlat rahbarlari örtasidagi döstlik va yaqin hamkorlik özbek va ozarbayjon adabiy aloqalarini rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar yaratayotganini ta’kidladi. Şuningdek, mazkur naşr Alişer Navoiy hayoti va ijodiga oid yangi ilmiy qaraşlarni qardoş ozarbayjon xalqiga, ayniqsa, yoş avlodga yetkazişda muhim ahamiyat kasb etişini qayd etdi.

 

Tadbirda Özbekiston Fanlar akademiyasi Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Maqsud Asadov, tarjimon Almaz Ulviy Binnatova, adabiyotşunos olimlar Sayfiddin Rafiddinov va Abdumurod Tilavov, ozarbayjon şoiri, Dunyo yoş turk yozuvçilar uyuşmasi raisi Intiqom Yaşar hamda şoir Axtamqul Karim iştirok etdi.

Sözga çiqqanlar asarning ilmiy-adabiy ahamiyati, unda Alişer Navoiy hayoti va merosiga doir yangi ma’lumotlar hamda öziga xos ilmiy talqinlar örin olganini alohida ta’kidladilar. Şuningdek, tarjimaning ikki qardoş xalq örtasidagi adabiy-ilmiy muloqotni kengaytirişdagi örni xususida fikr almaşildi.

Monografiyada Alişer Navoiyning şaxs va davlat arbobi sifatidagi fazilatlari, bunyodkorlik faoliyati, irfoniy hamda adabiy-estetik olami yangi ilmiy qaraşlar asosida yoritilgan. Xususan, “Xamsa”da ijodkorning badiiy konsepsiyasi, ona obrazining poetik talqini, Navoiy ijodining milliy adabiy-estetik tafakkur taraqqiyotiga ta’siri tadqiq etilgan. Şuningdek, buyuk şoir ijodiy an’analarining Zokirjon Furqat, Abdulla Oripov va Sirojiddin Sayyid şe’riyatida davom ettirilişi yuzasidan tahliliy qaraşlar bayon qilingan.

 

Taqdimot yakunida Dunyo yoş turk yozuvçilar uyuşmasi raisi Intiqom Yaşar turkiy xalqlar adabiy aloqalari rivojiga qöşgan hissasi uçun Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid va professor Nurboy Jabborovni mazkur ijodiy taşkilot medali bilan taqdirladi.

Mazkur naşr özbek adabiyotşunosligi yutuqlarini xalqaro miqyosda tarğib etiş, Alişer Navoiy ijodiy merosini qardoş xalqlar orasida kengroq örganiş va ikki davlat örtasidagi ilmiy-adabiy hamkorlikni mustahkamlaş yölidagi muhim qadamlardan biridir.