Nufuzli komissiyaga malakaviy imtihon topshirish oson bo‘lmadi
Oliy attestatsiya komissiyasining “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizomi hamda OAK Rayosatining tegishli qarorlariga asosan tashkil etilgan malakaviy imtihonlarni topshirish tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilardan anchagina chuqur bilim va tajribani talab etadi. Joriy yilning 19-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida bir nechta ixtisosliklar bo'yicha tadqiqotchilar uchun malakviy imtihonlar o'tkazildi.
10.00.01 – O‘zbek tili, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti, 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi hamda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili va o‘zbek adabiyoti) ixtisosliklari bo‘yicha nafaqat universitetimiz, balki O‘zRFA o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti kabi o‘nga yaqin ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining tadqiqotchilari mutaxassislik fanlaridan egallagan bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Imtihon davomida tadqiqotchilar olib borayotgan ilmiy izlanishlari, tadqiq etayotgan ilmiy muammosining dolzarbligi, tanlangan tаdqiqot usullari va ularning samaradorligi, olingan natijalar xususidagi komissiya a’zolarining savollariga javob berish orqali tadqiqotchilik ko‘nikmalarini egallaganliklarini namoyon qildilar.

Malakaviy imtihon dasturlari asosida tadqiqotchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari respublikamizning yetakchi olimlari tomonidan tashkil etilgan nufuzli komissiya tomonidan baholandi.



