
Noan’anaviy dars
2025-yil 5-may kuni Amaliy filologiya yo‘nalishi 201-guruhda “Shaxslararo va madaniyatlararo kommunikatsiya” fanidan “Madaniyatlararo muloqot” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Amaliy mashg‘ulotni Nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi Durdona Mahkamova olib bordi.
Mazkur ochiq darsda kafedra professor-o‘qituvchilari hamda mas’ul tyutorlar ishtirok etdilar. Mashg‘ulot davomida talabalar to‘rt guruhga bo‘linib, fransuz, koreys, hind va turk muloqot madaniyatlariga xos jihatlar, madaniy birliklar haqida taqdimotlar qilishdi.
Ma’lumotlar uch xil shaklda — qiziqarli faktlar, videoroliklar va jonli muloqot ko‘rinishida taqdim etildi. Talabalarning nazariy bilimlarga ijodiy yondashuvi, fanga bo‘lgan qiziqishi va hozirjavobligi dars kuzatuvchilari tomonidan yuqori baholandi.
Bu kabi mashg‘ulotlar talabalar dunyoqarashini kengaytirish, madaniyatlararo anglashuvni shakllantirish va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.