Yangiliklar

img
Wed, 10/28/2026 - 17:05

Nizomiy Ganjaviy va Alişer Navoiy ijodi turkiy dunyo ma’naviy hayotida

2026-yil 28-oktabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida “Nizomiy Ganjaviy va Alişer Navoiy ijodi – turkiy dunyo ma’naviy hayotida” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bölib ötdi.

Anjuman buyuk ozarbayjon şoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy tavalludining 885 yilligi hamda uluğ özbek şoiri Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ikki mutafakkirning boy adabiy merosini çuqur örganiş, ularning ijodidagi adabiy-estetik muştaraklik va öziga xos jihatlarni oçib beriş, özbek va ozarbayjon xalqlari örtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarni mustahkamlaş maqsadida taşkil etildi.

Konferensiyaning oçiliş marosimida universitet rektori, akademik Şuhrat Sirojiddinovning kiriş sözi öquv işlari böyiça prorektor, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov tomonidan öqib eşittirildi. Unda Nizomiy Ganjaviy va Alişer Navoiy ijodining Şarq mumtoz adabiyoti tarixidagi alohida örni, ikki mutafakkirning yuksak badiiy mahorati va insonparvarlik ğoyalari, şuningdek, ularning adabiy merosini kelajak avlodlarga yetkazişning ahamiyati ta’kidlandi.

Yalpi majlisda Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi prezidenti, akademik Iso Habibbeyli, Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Muhammad Fuzuliy nomidagi Qölyozmalar instituti direktori, akademik Teymur Kerimli hamda universitet öquv işlari böyiça prorektori, professor Nurboy Jabborov va boşqa olimlarning ma’ruzalari tinglandi. Ma’ruzalarda ikki mutafakkir ijodining turkiy dunyo ma’naviy hayotidagi örni, badiiy-falsafiy qaraşlari, poetik mahorati, adabiy an’analar davomiyligi hamda ijodiy merosidagi muştarak jihatlar tahlil qilindi.

  

Konferensiya doirasida beşta şöba faoliyat olib bordi. Ularda Nizomiy Ganjaviy va Alişer Navoiy ijodiy merosini örganişning dolzarb masalalari, ikki mutafakkir ijodining jahon va turkiy xalqlar adabiyoti taraqqiyotidagi örni, adabiy ta’sir va ijodiy izdoşlik, özbek-ozarbayjon adabiy aloqalari, şuningdek, til, uslub va tarjima muammolari muhokama qilindi.

Şöba yiğilişlarida “Xamsa” dostonlaridagi ğoyaviy muştaraklik va badiiy öziga xoslik, “Layli va Majnun” hamda “Farhod va Şirin” dostonlarining qiyosiy tahlili, tasavvufiy qaraşlar, adabiy vorislik va mumtoz asarlar tarjimasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Anjumanda Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikni rivojlantiriş masalalari ham körib çiqildi. Universitetda faoliyat yuritayotgan Muhammad Fuzuliy nomidagi özbek-ozarbayjon ilmiy-tadqiqot markazi, Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutida Alişer Navoiy merosini örganişga ixtisoslaşgan ilmiy markaz hamda Ganja şahrida taşkil etilgan Alişer Navoiy nomidagi özbek tili va madaniyati markazining faoliyati ikki xalq örtasidagi adabiy-ilmiy aloqalarni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.

 

Konferensiya yakunlari böyiça rezolyutsiya loyihasi tayyorlandi. Unda Nizomiy Ganjaviy va Alişer Navoiy ijodiy merosini keng miqyosda tadqiq etiş va tarğib qiliş, turkiy davlatlarning ilmiy markazlari hamda universitetlari örtasida qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, akademik almaşinuvni kengaytiriş va ikki mutafakkir merosini qiyosiy örganişga qaratilgan ta’lim dasturlarini rivojlantiriş böyiça takliflar ilgari surildi.

Şuningdek, xalqaro konferensiyani har yili oktabr oyida Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo davlatlardan birida navbatma-navbat ötkaziş taşabbusini qöllab-quvvatlaş hamda rezolyutsiya loyihasini tegişli xalqaro taşkilotlar va vakolatli muassasalarga taqdim etiş taklif qilindi.

Xalqaro ilmiy konferensiya Nizomiy Ganjaviy va Alişer Navoiy ijodini qiyosiy örganiş, özbek va ozarbayjon olimlari örtasidagi ilmiy muloqotni kengaytiriş hamda turkiy xalqlarning muştarak ma’naviy qadriyatlarini tarğib qiliş yölidagi muhim ilmiy tadbir böldi.