
Nizomaddin Xudayberganovning PhD dissertatsiyasi muhokamasi haqida e'lon
2025-yil 29-avgust kuni soat 10:00 da universitetning C blokidagi 302-auditoriyada Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar, Oʻzbek tilshunosligi hamda O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedralarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur yig‘ilishda Xudayberganov Nizomaddin Uktambay o‘g‘lining “O‘zbek tili korpusida so‘z birliklarini POS teglashning lingvistik va dasturiy asoslari” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamaga qo‘yiladi.
Dissertatsiya ishi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan bo‘lib, tadqiqot yo‘nalishi 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligiga tegishlidir.
Tadqiqot ishining ilmiy rahbari – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Elov Botir Boltayevich, taqrizchilar esa filologiya fanlari doktori, dotsent Xamroyeva Shahlo Mirdjonovna hamda texnika fanlari falsafa doktori, dotsent Alayev Ruhillo Habibovich hisoblanadi.
Ushbu muhokamada ilmiy jamoatchilik vakillari, doktorantlar va magistrlar faol ishtirok etishlari uchun taklif etiladi.