Yangiliklar

img
Fri, 11/01/2024 - 14:26

Navoiyga ehtirom

Joriy yilning 1-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig'ilishda davlatimiz rahbari 2025-yilni Navoiy viloyatida "ALisher Navoiy yili" deb e'lon qilishni taklif etdi
El-yurtimiz, xususan, Navoiy ahlining ulug‘ ajdodimiz Alisher Navoiy xotirasiga hurmat-ehtiromi cheksiz.
Buyuk bobomiz nomi bilan ataladigan Navoiy viloyati ma’naviy tarbiya, ma’rifiy yuksalish yo‘lida barchaga o‘rnak va namuna bo‘lishi, ta’bir joiz bo‘lsa, yurtimizning ma’naviy brendiga aylanishi zarurligi ta’kidlandi.
Masalan, 2017-yil Andijon viloyatida “Bobur yili” deb e’lon qilinib, shu asosda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan edi. Prezident mana shunday ijobiy tajribani Navoiy viloyatida ham qo‘llab, yangi – 2025-yilni viloyatda “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.
Bu yil doirasida “Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash” mavzusida Prezident sovg‘asi uchun respublika tanlovi tashkil etiladi. Har bir mahalla, maktab, oliygohlar va mehnat jamoalarida “Navoiyxonlik kechalari” o‘tkaziladi.