Yangiliklar

img
Tue, 02/14/2023 - 19:27

Navoiy va Bobur merosida rahbar ma’naviyati va boshqaruv masalalari

Bugun Davlat boshqaruvi akademiyasida ikki buyuk siymo - she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan "Navoiy va Bobur merosida rahbar ma’naviyati va boshqaruv masalalari" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  

Davra suhbatida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov ikki buyuk mutafakkir ijodiy-ilmiy merosining bugungi kun uchun ahamiyati, Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur asarlarida rahbar ma’naviyati va boshqaruv masalalari yoritilishidagi o‘ziga xoslik haqida nutq so‘zladi. 
Uchrashuvda Akademiya jamoasi va Rahbar ayollar maktabi tinglovchilari ishtirok etishdi.