Yangiliklar

img
Wed, 11/15/2023 - 14:51

“Navoiy izdoshlari” yangi tarkibda

Universitetimizda talabalarning iqtidorlarini nomoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratish boʻyicha aniq va tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, universitet talabalar teatr studiyasi faoliyati ham soʻzimiz tasdigʻi boʻla oladi. “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining fakultet bosqichlarida ishtirok etib, oʻz iste’dodini namoyish etgan ijodkor yoshlar orasidan tanlovning yakuniy bosqichlarida qatnashadigan terma jamoa shakllantiriladi.  Bugun ana shu jamoa a’zolarini saralash uchun kasting oʻtkazildi. Universitetimiz teatr studiyasi “Navoiy izdoshlari” deb nomlandi. Badiiy rahbar va rejissyor Bohodir Matkarimov  ishtiyoqi hamda qiziqishi, shuningdek, imkoniyatlariga qarab teatr jamoasini shakllantirmoqda. 
Tanlovning respublika saralash oʻyinlariga universiterimiz qanday spektakl bilan qatnashadi? Bu savolga keyinroq batafsil javob beramiz!