Yangiliklar

img
Wed, 05/29/2024 - 10:16

Navoiy g'azallari dunyo nashrlarida

Jahonga mashhur "Mundus Artium" jurnalida universitetimiz professori, filologiya fanlari doktori, atoqli tarjimon Qosimboy Ma'murovning Alisher Navoiy ijodidan ingliz tiliga  o'girgan 6 ta g'azal tarjimasi chop etildi.  
"Mundus Artium" - she'riyat, tarjima sohasidagi ishlar, tarjimashunoslik va adabiy tanqidiy maqolalar o'rin olganfanlararo multimedia jurnali. Bu jurnal AQShda chop etilsa-da uni dunyoning deyarli barcha nuqtalarida san'at va adabiyotga ixlosmand mushtariylari bor. Jurnal 1967-yildan buyon yilda bir marotaba chop etiladi. Endilikda Qosimboy Ma'murov tarjimasi orqali buyuk Navoiyning yana 6 ta  g'azalidan  dunyo adabiyot ixlosmandlari bahramand bo'lishlari mumkin.