
Narzillo Aloyevning dissertatsiyasi muhokamasi haqida e'lon
2025-yil 25-iyun kuni soat 11:00 da C blokdagi 302-auditoriyada “Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar”, “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi” hamda “O‘zbek tilshunosligi” kafedralarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda Aloyev Narzillo Raxmatilloyevichning “O‘zbek tili korpusi matnlarini tematik modellashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilinadi. Ushbu ish filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun, 10.00.11 – Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan.
Ilmiy rahbar: texnika fanlari falsafa doktori, dotsent B. Elov.
Taqrizchilar:
– texnika fanlari doktori, professor B. B. Muminov
– filologiya fanlari doktori, professor Sh. M. Hamroyeva
Ilmiy jamoatchilik, doktorantlar va magistrlarni muhokamada faol ishtirok etishga taklif etamiz!