Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan suhbat o'tkazildi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida ”gi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi nizomga asosan 2024-yil 4-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi. Universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari ishtirok etgan ushbu jarayon qiziqarli fikrlarga va munozarga boy hamda video kuzatuv ostida (onlayn translyatsiya), shaffof tarzda bo‘lib o‘tdi. Suhbatda talabgorlarning ilmiy ish bo‘yicha ko‘nikmalari, tadqiqot mavzularining dolzarbligi va ahamiyati haqida savollar berildi. Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish yuzasidan navbatdagi tanlov yakuni bo‘yicha natijalarni Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limidan bilish mumkin (71 281 50 75).