
Mustaqil izlanuvchilik institutiga qabul imtihonlari boʻli oʻtdi
2025-yil 28- may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil izlanuvchilik institutida o‘tkazilgan imtihonlar muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu imtihon quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tashkil etildi: O‘zbek tili, O‘zbek adabiyoti, Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik, Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi, shuningdek, Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi sohalari. Imtihon jarayoni yuqori darajada, shaffof va adolatli tarzda amalga oshirildi, bu esa talabalarning bilimlarini baholashda eng yuqori mezonlarga rioya qilinganidan dalolat beradi. Imtihon jarayonida tajribali olimlardan iborat komissiya a’zolari faol ishtirok etib, har bir qatnashchining bilim darajasini sinchkovlik bilan baholadi. Ularning professional yondashuvi va adolatli munosabati imtihonning muvaffaqiyatli o‘tishiga katta hissa qo‘shdi. Imtihonda qatnashgan barcha talabgorlar dissertatsiya mavzulari boʻyicha berilgan savollarga javob qaytardilar! Universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Nozliya Normurodova jarayonni shaxsan nazorat qilib bordi. Shuningdek, yoʻnalishlar kesimida boʻlib oʻtayotgan suhbat jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati ham yaratildi.