Yangiliklar

img
Fri, 03/07/2025 - 11:48

Mustaqil izlanuvchilik institutiga qabul bo‘yicha suhbat o‘tkazildi

2025-yil 5-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutining mustaqil izlanuvchilik institutiga qabul bo‘yicha suhbat tashkil etildi. Suhbatda talabgorlar O‘zbek tili, O‘zbek adabiyoti, Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti, Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi hamda Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) ixtisosliklari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.  
Suhbatda universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N. Normurodova hamda komissiya raislari S. Muhamedova, N. Jabborov, D. Yusupova, S. Ashirboyev va R. Niyozmetovalar ishtirok etdilar. Unda 19 nafar talabgordan 15 nafari qatnashdi. Suhbat jarayoni shaffoflik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilib, barcha zarur tashkiliy va texnik sharoitlar yaratildi. Talabgorlarga ilmiy tadqiqot ishlari va ixtisoslik doirasidagi dolzarb mavzularga oid savollar berilib, ularning nazariy bilimlari baholandi.  
Suhbat yakunida natijalar e’lon qilinib, komissiya a’zolari tomonidan talabgorlarning yutuqlari va kamchiliklari muhokama qilindi. Shuningdek, ularga kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan tavsiyalar berildi.
Imtihon natijalari bilan tanishing. 

Natijalarni ko'rish