Yangiliklar

img
Tue, 12/10/2024 - 14:57

Muqaddas vatanim – madhiyasi

2024-yil 10-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining qabul qilinganiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan “Muqaddas vatanim – madhiyasi” mavzusida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirni universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori Gulnoza Jo‘rayeva ochib berdi. O‘zining tabrik so‘zida u madhiyamizning davlatimiz mustaqilligi va birligining ramzi sifatida tutgan muhim o‘rni haqida so‘z yuritdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan Vatan madhini ulug‘lovchi she’rlar va qo‘shiqlar ijro etildi. Shu tariqa tadbir ko‘tarinki ruhda, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari bilan o‘tganligi barchaning yodida muhrlandi. 
Mazkur tadbir yoshlarning vatanga sadoqatini mustahkamlash va milliy qadriyatlarni ulug‘lash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.