Yangiliklar

img
Tue, 10/03/2023 - 13:52

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazining sentabr oyi tinglovchilari tomonidan murojaati tarqaldi. Ushbu murojaatga javoban shuni ma’lum qilamizki,  malaka oshirish markazi ta’lim sifatining eng muhim bo‘g’ini hisoblanadi. Shu sababdan mazkur markazga ham xorijda tahsil olgan Zaynobiddin Abdurashidov, Bahodir Karimov, Iroda Azimova, Nilufar Aburaxmonova va yana ko‘plab mutaxassislar, Nasimxon Rahmonov, Zulxumor Xolmonova, Nurboy Jabborov kabi tajribali professorlar jalb qilingan. Shu paytga qadar tinglovchilar markazda dars berayotgan professor-o‘qituvchilardan minnatdor bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy izohlarni qoldirganlar.
Sentabr oyi uchun rejalashtirilgan “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi tinglovchilariga  ham aynan shu ustozlarimiz ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni olib bordilar. Anonim so‘rovnomalar va ochiq telegram kanallarida tinglovchilar ustozlardan ko‘plab yangi ma’lumotlar olganliklarini qayd etdilar hamda markaz xodimlaridan ham minnatdor ekanliklarini bildirdilar. Test sinovlarida yetarli natija qayd etilmagach, yakuniy imtihonga mas’ul BIMM (bizning markazga nisbatan ham) ga  nisbatan  salbiy fikrlarini yozib qoldirishgan. Biz ushbu holatga javoban quyidagilarni ma’lum qilamiz:

  • 1.  Tinglovchilarga markaz xodimlari faqat yaxshi munosabatda bo‘lishgan va qo‘llaridan kelgan yordamni berishgan. Bu haqida ularning o‘zlari ijtimoy tarmoqlarda, Telegram kanallarida izohlar qoldirishgan. 
  • 2.  Murojaatda maxsus blok testlari notog’ri ekanligi aytiladi. Ammo mazkur testlar ham tajribali professor o‘qituvchilar tomonidan tuzilib, bir necha marotaba ekspertizadan o‘takziladi. Biz maxsus blok testlarini shakllantirgan ustozlarga murojaat qilganimizda e’tiroz bildirgan tinglovchining o‘zi xato qilgani tasdqilandi. 
  • 3.  O‘quv reja yangilanib, maxsus blok fanlari 70% ga mutaxassislik fanlari  30% qisqartirilgani sababli tinglovchilarning  test natijalari kutilgan samarani bermagan bo‘lishi mumkin. Chunki avvalgi o‘quv rejada aksincha- mutaxassislik 70% ni maxsus blok fanlari 30% tashkil qilar edi va  tinglovchilar mutaxassis sifatida o‘z fanlaridan testlarni yaxshiroq bajarib, ijobiy natijalar olardi. Avvalgi tajribada bunday holat hech kuzatilmagan. Ammo testlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan tinglovchilar testdan muvaffaqiyatli o‘tib, jarayonning shaffof va obyektivligini isbotlagan.
  • 4.  Testlar, odatda, o‘tilgan mavzular, jumladan, O‘UMlar, taqdimotlarda aks etgan mavzular doirasida tayyorlangan va bu ko‘p marotaba tajribali ekspertlar nazoratidan o‘tkazilgan.
  • 5.  29-sentabr kuni universitet mustaqil ta’lim zalida o‘tkazilgan yakuniy test jarayonlarida internet tarmog’ida uzilish bo’lgan, ammo bu tinglovchining javoblar belgilashiga yoki testga ajratilgan vaqt taqsimotiga ta’sir qilmaydi. Bunday texnik sabablardan kelib chiqqan muammolar uchun hech kim aybdor emas.

Hurmat bilan, Markaz direktori ToshDO‘TAU professori Zulxumor Mirzayeva Inomovna