Milliy qadriyatlarimiz xorijliklarni lol qoldirdi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida til o'rganayotgan KOICA tashkiloti ko‘ngillilari bugun universitet xalqaro aloqalar ofisi vakillari bilan birgalikda o‘zbek milliy raqslarini o‘rganish bo‘yicha mahorat darslarida qatnashishdi. Mazkur mahorat darslarida koreyalik tinglovchilarga xorazmcha, fargo‘nacha va xorazmcha milliy raqslarning xususiyatlari, harakatlar orqali tomoshabinga butun bir sujetni tushuntirib bera olish mahorati tushuntirildi. O‘zbek milliy raqslari va musiqasi hamisha dunyo xalqlari madaniyatining eng go'zal namunasi bo‘lib kelgan. Turli hududlarning uzoq va boy tarixidan hikoya qiluvchi milliy raqslar koreyaliklarda katta taassurot qoldirdi.
Universitet Xalqaro aloqalar ofisi vakillari kunning ikkinchi yarmida ham koreyalik do‘stlarimizni yurtimizning boy madaniy merosi bilan tanishtirishda davom etishdi. O‘zbek xalqining milliy kulolchilik mahsulotlarini yasash va unga bezak berish bo'yicha jonli mashg‘ulotlarni olib borish uchun kulolchilik ustaxonasiga tashrif buyurildi. Bizning xorijlik do‘stlarimiz bu ajoyib imkoniyat edi. Loydan san'at asari yaratayotgan milliy hunarmandlarimiz ishlari bilan tanishish va bevosita jarayonda ishtirok etish mehmonlarimizga manzur bo‘lgani shubhasiz.