Yangiliklar

img
Wed, 06/19/2024 - 16:30

Milliy qadriyatlarimiz ilmiy jamoatchilik e’tirofida

Har bir xalqning oʻziga xos madaniyati,  xususan, milliy tili,  adabiyoti  shu xalqning dunyoni idrok qilish usulini belgilaydi. Har bir xalqning milliy oshxonasiga doir atamalarni tadqiq qilish ham oʻsha xalq madaniyatini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Badiiy asar qahramonlarining taomlanish tartibi,  taomlarga munosabati uning xarakteridagi ma’lum qirralarni ochib beradi. Shu jihatdan oʻzbek tili va adabiyotidagi betakror oʻziga xosliklar haqida Moskva Davlat politexnika universitetida oʻtkazilgan xalqaro anjumanda universitet Xorijiy tillar kafedrasi katta oʻqituvchilari Zulxumar Jumanova, Sayyora Ibragimova, Nilufar Dustmamatovalar ma’ruza qilishdi. Millatlararo muloqotni mustahkamlashda har bir millatning boy merosini oʻrganish, oʻrgatish orqali xalqimizning azaliy qadriyatdaridan boʻlgan mehmondoʻstlik, gastronomik oʻziga xosliklar oʻzbek adabiyotidagi badiiy asarlar va til xodisalari orqali ochib berildi. Har bir madaniyatda umuminsoniy qadriyatlarning uygʻunligini ta’minlashga qaratilgan anjumanlardagi ishtirok ham milliy qadriyatlarimizni jahonga tarannum etishda muhim ahamiyat kasb etadi.