Yangiliklar

img
Tue, 10/08/2024 - 16:53

Milliy qadriyatlarga ehtirom - milliy yuksalish garovi

8-oktabr kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasining ma’ruzalar zalida davra suhbati tashkil etildi. Unda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov oʻz ma’ruzasi bilan ishtirok etishdi. Akademik Shuhrat Sirojiddinov “Milliy qadriyatlarga ehtirom - milliy yuksalish garovi” mavzusida ma’ruza qilib, unda uchinchi renessans poydevorini qurishda yosh avlod tarbiyasiga befarq bo'lmaslik, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga  hurmat ruhida tarbiyalash haqida so'z yuritildi. "Qadriyatlarimizni bor vujudimiz bilan himoya qilmas ekanmiz, aholimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongida vatanparvarlikni kuchaytirmas ekanmiz, go‘zal kelajak haqidagi orzularimiz katta maqsadlarimizga to‘siq bo‘lish ehtimoli bor bo‘lgan xavf-tahdidlarni bartaraf etishimiz qiyin bo‘ladi", dedi akademik o'z ma'ruzasida.
Davra suhbatida ziyolilar, talaba-yoshlar, jamoat faollari, shuningdek, videokoʻprik orqali mamlakatimizning barcha viloyatlaridan vakillar ishtirok etishdi.