Yangiliklar

img
Fri, 04/26/2024 - 10:55

“Milliy qadriyatlar sayli” festivali yakunlandi

25-aprel kuni “Milliy qadryatlar sayli” doirasida Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o'yini boʻlib o’tdi. Ushbu bellashuvda  Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O’zbekiston -Belarussiya universitetlari talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Doimgidek o’yin qizg'in bahs va munozaralarga boy o'tdi. 
Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rinni “Troya “ jamoasi (ToshDO’TAU).
2-o’rinni “Katta og’a” jamoasi (TDPTI)
3-o’rinni “O’tkir viqorlilar” jamoasi (ToshDO’TAU) qo'lga kiritdi.

 

G’oliblarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari taqdirlashdi. Shuning bilan “Milliy qadriyatlar sayli” fesfivali nihoyasiga yetdi.