Yangiliklar

img
Sat, 10/19/2024 - 10:44

Milliy qadriyatlar sayli

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 275-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 18-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan “Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishining 35 yilligi” munosabati bilan Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” madaniy-maʼrifiy tadbiri oʻtkazildi. 
Tadbir avvalida talabalarimiz tomonidan folklor, xalq ogʻzaki ijodi namunalari asosida chiqishlar namoyish tashkil etildi. Shuningdek, Adiblar xiyoboniga kirish yoʻlakchasida Milliy kiyimlar namoyishi, “Munozara”, “Mushoira” (sheʼrxonlik), Zahiriddin Muhammad Bobur haykali oldida “Gʻazalxonlik” tadbirlari tashkil etildi. 

Universitetimiz talaba-yoshlari ishtirokida Zakovat, QVZ, Viktorinalar, Karaoke, Erkin mikrofon, Varrak sayli, Rasm chizish, Arqon tortish hamda sport musobaqalari oʻtkazildi.