Yangiliklar

img
Wed, 11/01/2023 - 17:08

Milliy qadriyatlar - millat ruhi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "lnsonga e'tibor va sifatli ta'lim yilida  amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturing 221-bandi hamda O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-oktyabrdagi, 466-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida universitetimizda "Milliy qadriyatlar - ma'naviyat ko'zgusi" shiori ostida turkum tadbirlar tashkil etildi. 
Kun davomida “Milliy qadriyatlarning eng faol targ‘ibotchisi” tanlovi doirasida “Milliy libos”, “Milliy raqs”, “Milliy taom”, “Milliy sport”, “Milliy qo‘shiq” singari tanlovlar tashkil etilib, g'oliblar aniqlandi. 
Talabalar tomonidan o'zbek oshxonasining eng lazzatli taomi palov tayyorlash bo'yicha o'tkazilgan tanlov juda esda qolarli bo'ldi. Talabalar o'z viloyatlarining palovlarini mahorat bilan tayyorlashdi. Tanlov yakuniga ko'ra vodiy palovini pishirgan Murodullayev Ubaydullo g'oliblikni qo'lga kiritdi.

 
Milliy kurash bo'yicha o'tkazilgan musobaqa ham nihoyatda qiziqarli bo'ldi. Kurashda uchinchi o'rin 4-bosqich talabasi Eshmo'minov Zayniddinga, 2-o'rin Ziyadullayev Abbosga, 1-o'rin esa JavliyevOlimga nasib etdi.