Yangiliklar

img
Sat, 08/09/2025 - 08:10

Milliy o‘zlik va ma’naviy meros yo‘lida birgalikda

“Dolzarb 90 kun “ doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yoshlarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tashabbus doirasida talabalar milliy kino namoyishlari va teatr tomoshalarida ishtirok etib, o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi, ezgu g‘oya va qadriyatlari, zamonaviy sahna asarlarida aks etgan ibratli hayotiy saboqlar bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Bunday tashkiliy ishlar yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotira va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.