Yangiliklar

img
Tue, 09/26/2023 - 15:26

Milliy liboslarimiz xorijliklarni ham lol qoldirdi

Avval xabar berganimizdek, universitetimizda milliy liboslar haftaligi bo'lib o'tmoqda. Talaba-qizlar, ustozlar faxr bilan milliy matolarimizdan tikilgan zamonaviy uslubdagi go'zal liboslarda universitetga kelmoqdalar. Hatto xorijlik mehmonlar ham bu ajoyib haftalik doirasida o'zbek milliy liboslarini kiyib yurishibdi. An'analarimizdan hayratga tushgan xorijliklarning fikrlarini tinglab, o'zbekligingizdan iftixor tuyasiz. 
Jumladan, universitetimizda mehmon bo'lib turgan Turkiyaning Marmara universiteti professori Sebahat Deniz xonim milliy matolarimizning jozibasi, ularning sifati va qiz-ayollarga qanchalik ko'rkamlik baxsh etishi haqida so'z yuritdi. 
Haftalik rejasiga ko'ra bugun havaskor modelyerlarning eskizlar tanlovi ham o'tkazildi. Tanlov natijalari haftalik yakunida e'lon qilinadi.