Yangiliklar

img
Thu, 09/28/2023 - 20:49

Milliy liboslarda g'azalxonlik

Universitetimizda milliy liboslar haftaligi davom etmoqda. Bugun ham talaba qizlarimiz va ustozlarimiz bajonidil milliy liboslarni faxr bilan egnilariga kiyib, dars mashg'ulotlariga kirishdi. Darslar yakuniga yetgach iqtidorli qizlarimiz tashabbusi bilan Navoiy bobomiz haykali poyida g'azalxonlik tashkil etildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari milliy libosdagi qizlarimiz ijrosida o'zgacha jarang sochdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. 
G'azalxonlik mobaynida Navoiy oʼzining ijodi, insoniy gʼoyalari bilan butun dunyoda ezgulikni, insonparvarlikni, yaxshilikni tarannum etgan. Hazratning soʼz mulkining sultoni, deb atalishi ham bejiz emas. U kishining maʼnaviy merosi xalqimiz uchun bitmas-tuganmas xazinadir. Mahorat darsida Ulugʼ mutafakkir, soʼz mulkining sultoni Аlisher Navoiyning boy maʼnaviy merosi haqida soʼz yuritildi.