Yangiliklar

img
Sat, 09/30/2023 - 06:16

Milliy liboslar haftaligi yakunlanmoqda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Milliy liboslar haftaligi oxirlab qoldi. Bugun kun davomida universitetimiz talabalari tomonidan milliy liboslar tanlovi, milliy taomlar tanlovi va alla aytish tanlovlari oʻtkazildi. 
Koʻtarinki kayfiyat, milliy an’analarimiz tarannumi hatto xorijliklarni ham lol qoldirdi.
Darhaqiqat, bugungi kun milliy bayram sayillari singari oʻtdi. Dilbar qoʻshiqlar, xalq oʻyinlari, milliy taomlar — barchasi qadriyatlarimizga hamohang tashkil etildi.
Ertaga haftalik davomida oʻtkazilgan tanlovlarning gʻoliblari taqdirlanadi.