Mon, 09/25/2023 - 17:41
Milliy liboslar haftaligi boshlandi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 25-sentabrdan milliy liboslar haftaligi boshlandi.
Erta tongdan barcha talaba va ustozlar milliy matolarimizxan tikilgan bejirim liboslarda universitetga keldilar. Oʻzgacha bayramona kayfiyat, yorqin ranglar va milliy musiqalar uygʻunligi barchaning kayfiyatiga oʻzgacha koʻtarinkilik baxsh etdi.
Dizayner Sitora Islomovaning shaxsiy kolleksiyasidan oʻrin olgan liboslar koʻrgazmasi barchaga birdek manzur boʻldi. Talaba qizlar oʻz garderoblarini shunday zamonaviylik va milliylik uygʻunligidagi antiqa liboslar bilan boyitdilar.
Haftalik doirasidagi tanlovlar hali davom etadi. Qiziqarlisi hali oldinda.




