Millatimizning buyuk siymolari
2023-yil 9-fevralda Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida TTJda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “MILLATIMIZNING BUYUK SIYMOLARI” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda kafedra katta o‘qituvchisi Davlatyor Jumashevning “Navoiyning so‘z qo‘llash mahorati”, katta o‘qituvchi Sabohat Bozorovaning “Bir voqelikning uch talqini”, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Manzura Shamsiyevaning “So‘z va ma’no birligi” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Muhabbat Madaminova, o‘qituvchilar Shohida Quraqova, Aziza Yusupova, Marjona Begmatova Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, shaxsiyati, ijodiy merosi haqidagi fikrlarini bildirdi.

Tadbirda ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari: Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchilari Ra’no Madaminova, Zulfiya Asamutdinova, Termiz muhandislik texnologiya instituti o‘qituvchisi Nigora Xudoyorova ham ishtirok etdi va o‘z mulohazalarini bayon qildi.
Tadbir ishtirokchilari va talabalar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalar o‘qildi.


