Yangiliklar

img
Sat, 10/21/2023 - 15:19

Millat iftixori

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil toʻlishi munosabati bilan buyuk shoir haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda turli vazirlik va idoralar vakillari, shoir va yozuvchilar, oliy oʻquv yurtlari, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Marosimda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ustoz va talabalari ham faol ishtirok etishdi. Talabalar tomonidan tashkil etilgan mushoira barchaga birdek manzur boʻldi. 
Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga badiiy kitoblar tuhfa qilindi.