Yangiliklar

img
Wed, 07/09/2025 - 15:15

“Mening Oʻzbekistonim”, “Men sevgan asar” mavzularida videoroliklar tanlovi o‘tkazilmoqda

Tanlovda universitetda tahsil olayotgan talabalar va magistrlar o‘zlarining   videoroliklari bilan ishtirok etishi mumkin.

Tanlovni o‘tkazish bosqichi va muddatlari 
“Mening Oʻzbekistonim”, “Men sevgan asar” videoroliklar tanlovi  1 bosqichda o‘tkaziladi. Ijodiy ishlar shu yilning 10-avgustigacha qabul qilinadi.

Videoroliklarga qo‘yiladigan talablar  
a) Mavzuga mos va davomiyligi 1 daqiqadan 5 daqiqagacha; 
b) fayl formati - ixtiyoriy videoformatda; 
v) tasvir sifati – 720p (1280x720) yoki 480p (854x480); 
g) hajmi 60 megabaytgacha bo‘lishi kerak. 

Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tegishli miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlov uchun videoroliklar quyidagi telegram kanalga yuboriladi.

@shodiya_ruzikulovna