Yangiliklar

img
Fri, 09/22/2023 - 14:01

Men giyohvandlikka qarshiman

Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan universitetimiz talabalari o'rtasida “Men giyohvandlikka qarshiman” nomli ekstremal va intellektual estafeta tashkil etildi. Tanlovda, ayniqsa, birinchi bosqich talabalari faol ishtirok etishdi. 
Tanlov yakuniga ko'ra Soataliyeva Fotima Shahzod qizi, Yóldashaliyeva Fotima Abdusalom qizi, Yoqubov Shohrux Mamadiyor óğli, Xudoyberdiyeva Sevinch Ilyos qizi, Teshaboyeva Nilufar Illat qizi, Sayfiyeva Gulrux Fozil qizi muvaffaqiyatli ishtirok etib, tashkiliy qo'mita tomonidan taqdirlandi.
Tahlilchilarning fikricha, giyohvand moddalarning keng tarqalishi bir qator ijtimoiy muammolarga sabab bo‘ladi. Jumladan, demografik fojealarni keltirib chiqaradi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda jinoyatchilik ko‘zga tashlanadi. BMTning jinoyatchilik va giyohvand moddalar ustidan nazorat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda giyohvandlikka ruju qo‘yganlar so‘nggi dunyoda 300 million kishidan oshib ketdi. Eng ko‘p iste’mol qilinadigani  nasha ekani aytiladi. 


Jahonda qayd qilinadigan o‘limlarning 43ta sababidan giyohvandlik oqibatida sodir bo‘ladigan o‘lim 19 o‘rinda turadi. Giyohvandlikka qarshi kurashda ilk bor bundan yuz yillar muqaddam hamkorlik qilina boshlandi. Bugun giyohvandlik girdobiga mubtalo bo‘layotganlarga qarata bir og‘iz gap aytish kerak. Hayot go‘zal, yashash yaxshi. Har qanday muammoni hal qilish mumkin. Shu sababli o‘zingizni chohga tashlamang. Agar siz o‘lim suyuqligi solingan shpritsni qo‘lingizga olar ekansiz, kelajagingizni umrbod qorong‘ulik qa’riga tashlashingizni unutmang. Unutmang qo‘lingizga giyohvand modda berilar ekan, siz yo‘q degan qat'iy so‘zni ayting. Shundagina tirik qolasiz.