Yangiliklar

img
Wed, 05/08/2024 - 15:04

Mehr va ezgulik bayrami

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuygʻusi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi oʻtmishni, ajdodlar oʻgitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib tursa, qadr – insonni yuksaklikka koʻtaradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bagʻishlaydi. Shu ma'noda 9-may - Xotira va qadrlash kuni davlatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ham ushbu kunga alohida tayyorgarlik ko'rildi. Talabalar va ustozlar birgalikda urush va mehnat faxriylari holidan xabar oldilar, 8-may erta tongdan universitet talabalari kirish yo'laklari bo‘ylab professor-o'qituvchilar hamda tengdoshlariga sharaf lentalarini tarqatishdi. 

  

Universitetda mehnat qilib kelayotgan yoshi ulug' ustozlarga bayram sovg'alari ulashildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy kecha hammaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.