Yangiliklar

img
Mon, 12/12/2022 - 20:34

Mehr ulashamiz

2022-yilning 12-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Ijtimoiy -gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti  Sotsiologiya yo'nalishi  talabalari  tyutor G'.Tursunboyev boshchiligida Toshkent shahar Yakkasaroy tumani XTB tasarrufidagi 25-alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabga bordilar. Talabalarning tashabbusi bilan xayriya tadbiri o'tkazish va bolajonlarga quvonch ulashish maqsad qilingan edi. Bugun shu tashabbus samarasi o'laroq talabalar mehr va e'tiborga muhtoj bolajonlar holidan xabar oldilar.
Talabalar o'zlarining esdalik sovg'alari bilan bolajonlarni xursand qilishdi. Maktab ma'muriyati talabalar tomonidan uyushtirilgan bu bayram tadbiri uchun o'z minnatdorchiliklarini izhor qildilar.