Mazmunli “Yoshlar oqshomi”
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Yoshlar oqshomi” tadbirlarini oʻtkazish an’anaga aylanib bormoqda. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. G.Jo‘rayeva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.Razzakova va universitet profilaktika inspektori D.Sangirov hamda fakultet tyutorlari tomoni birgalikda talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar, qolaversa, universitetga yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida koʻngilochar tadbir koʻtarinki ruhda tashkil etiladi.
Quvnoq musiqa, raqslar, mushoira va mazmunli ma’ruzalarga boy boʻlgan “Yoshlar oqshomi” talabalik davrining eng sururli damlari sifatida bir umrga xotiralarga muhrlanadi.




