Yangiliklar

img
Tue, 11/01/2022 - 14:08

Maxtumquli ijodining oʼzbek-turkman xalqlari doʼstligini mustahkamlashdagi oʼrni

2022-yilning birinchi noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAUda “Maxtumquli ijodining oʼzbek-turkman xalqlari doʼstligini mustahkamlashdagi oʼrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi. Konferensiyada  Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʼstlik aloqalari qoʼmitasi raisi R.Kurbanov, Turkmanistonning Oʼzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Y.Mammedov  hamda xalqaro tashkilot va idoralar vakillari, jamoatchilik faollari, ziyolilar, talabalar ishtirok etdi. 


Anjumanda so'z olganlar o'zbek va turkman xalqlarining azaliy do'stligi ularning adabiyotida ham? madaniyatida ham aks etganligini, ikki qardosh xalqning aloqalarini kundan-kunga rivojlanayotganligini qayd etdilar.