Yangiliklar

img
Thu, 02/27/2025 - 20:28

Maxsus imtihon muvaffaqiyatli yakunlandi

2025-yil 26-fevral kuni universitetimizda ijtimoiy-gumanitar fanlari sohalarida ilmiy unvonlarga talabgorlar uchun “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari” fanidan ilk bor maxsus imtihon muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Imtihonda universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov, shuningdek, sohaning yetakchi olimlari Abduhalil Mavrulov, Adhamjon Ashirov va Muhammadjon Quronov ishtirok etishdi. Jarayonda 22 nafar talabgor o‘z bilim va malakalarini namoyish etdi.

Imtihon barcha zarur tashkiliy va texnik sharoitlar yaratilgan holda, shaffoflik va adolat tamoyillariga rioya qilgan holda o‘tkazildi. Savollar dolzarb mavzularni qamrab olib, ishtirokchilarning nazariy bilimlari va amaliy tahlil qilish qobiliyatlarini baholashga yo‘naltirildi.

 

Natijalar e’lon qilinib, komissiya a’zolari tomonidan talabgorlarning yutuqlari e’tirof etildi, shuningdek, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.